Ustem Business ilovasi belgisi Ustalar uchun

Ustem Business —
jadvalingiz cho'ntagingizda

Mijoz sizni ilovadan topadi va o'zi band qiladi. Siz kun jadvalini, mijozlar ro'yxatini va xizmat narxlaringizni bitta joyda yuritasiz.

  • Kun jadvali — bandlashlar soat bo'yicha, bir ekranda.
  • Navbatsiz qabul — bo'sh bo'lsangiz tugmani yoqasiz, mijoz shuni ko'radi.
  • Mijozlar — kim qachon kelgani saqlanib boradi.
  • Xizmat va narxlar — o'zingiz belgilaysiz, mijoz oldindan ko'radi.
  • Eslatma — mijozga bronidan ikki soat oldin, sizga o'ttiz daqiqa oldin push keladi.
0 so'm

Komissiya yo'q, obuna yo'q. Mijoz to'lovni to'g'ridan-to'g'ri sizga, naqd beradi.

iPhone, iOS 13 va undan yuqori · Android — yopiq testda

Ustem Business — Jadval: 2-oktabr uchun uchta bron ketma-ket, 13:00–14:00, 14:00–15:00 va 15:00–16:00, har biri 80K; hafta kunlari qatori va pastda navigatsiya. Sinov ma'lumotlari.
Haqiqiy ekran, sinov ma'lumotlari bilan.
Qanday ishlaydi

3 qadamda boshlang

01

Yuklab oling va ro'yxatdan o'ting

Telefon raqamingiz va SMS kodi. Hech qanday hujjat, hech qanday tasdiqlash kutish.

02

Profil va jadval to'ldiring

Ismingiz, manzil, xizmatlar va narx. Ish soatlari — qachondan qachongacha ochiqsiz.

03

Mijozlar kelishini boshlang

Bandlashlar ilovangizga keladi. Walk-in mijozlarni qo'lda yozib qo'ying.

Savollar

Tez-tez beriladigan savollar

Haqiqatdan komissiya yo'qmi?
Ha. Mijoz xizmat haqini to'g'ridan-to'g'ri sizga naqd to'laydi. Biz to'lov orasida turmaymiz, hisob raqamingizni so'ramaymiz.
Mijozlar meni qanday topadi?
Ustem ilovasidagi mijozlar xaritada ochiq ustalarni ko'radi. Profilingiz to'liq bo'lsa (ism, manzil, xizmatlar, rasm), siz ham ko'rinasiz. Reklama uchun pul talab qilinmaydi.
Walk-in mijozni qanday yozib qo'yaman?
Bugun jadvalida bo'sh slot'ga tap qiling. Ism va telefon raqamni kiriting — bandlash tugadi. SMS link orqali mijoz keyinroq akkaunt yaratishi mumkin.
Eski mijozlarimni ilovaga qanday ko'chiraman?
Hozircha qo'lda — har mijozni walk-in tariqasida bir marta yozib qo'ying. Keyingi safardan boshlab sizning mijoz ro'yxatingizda ko'rinadi.

Bugun boshlang

Yuklab oling, telefon raqamingiz bilan kiring va birinchi mijozingizni qabul qiling.

Savollar bormi? Telegram'da yozing